
Mourino JCh-2018 finali haqida: Eng zo‘r jamoa yutqazdi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino kecha bo‘lib o‘tgan Frantsiya hamda Xorvatiya (4:2) terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ular ajoyib turnirni o‘tkazishdi va bugun g‘alaba qozonishdi. Endi faqat Desham shogirdlarini ushbu g‘alaba bilan tabriklash qoldi.
Xorvatlar hozir juda xafa. Chunki, eng zo‘r jamoa yutqazdi. Mening fikrimcha bunga hakamlarning videotakrorlar tizimidan foydalanishda yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatosi sabab bo‘ldi. U erda penalti yo‘q edi. Hakamlar ushbu tizimdan faqatgina favqulodda holatlarda foydalanishlari kerak. Bunday vaziyatlarda emas”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahsni boshqarib borgan argentinalik hakam Nestor Pitana bahsli vaziyatda penalti belgiladi va yakundu ushbu penalti o‘yin taqdirini hal qildi.
Fikrlar