Mourino: Lempard meni mag‘lub etishni juda ham xohlagandi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino ayni damda "Derbi Kaunti" klubini boshqarayotgan “Chelsi”dagi sobiq shogirdi Frenk Lempard haqida gapirib o‘tdi.
“O‘sha o‘yindan so‘ng men Lempardga faqatgina yuqori saviyaga ega mutaxassisgina bunday zo‘r o‘yin tashkil etishi mumkinligini aytganman. Frenk o‘zi bilan faxrlanishi mumkin.
Lempard futbolchi sifatida ajoyib faoliyat olib bordi, endi esa o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rmoqda. Bilaman, u meni mag‘lub etishni juda ham xohlagandi. Garchi asosiy bo‘limlar durang bilan tugagan bo‘lsada, uning bu niyati amalga oshdi”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, MYu Angliya liga kubogi doirasida o‘z maydonida aynan “Derbi”ga penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy berib musobaqadan chiqib ketgan edi.



Fikrlar