Mourino "MYu"dan haydaladigan va olib kelinadigan futbolchilar nomini oshkor qildi

 
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa muvaffaqiyatga erishishi uchun tarkibni o‘zgartirish kerak degan fikrida qat’iy turibdi.
 
Portugaliyalik mutaxassis jamoaga kerak bo‘lmagan futbolchilar nomini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan himoyachi Deyli Blind yozda jamoadan ketadi.
 
Shuningdek, Mourinoga Kris Smolling, Lyuk Shou va Matteo Darmian singari himoyachilar ham kerak emas. Joze ularning o‘rniga Bundesliga vakillari - David Alaba ("Bavariya") va Aleksandar Dragovich ("Bayera") kabi futbolchilarni olib kelib, ularga himoya qo‘rg‘onini topshirmoqchi.
 
Shuningdek, Joze Mourino hujum chizig‘iga "Torino" to‘purari Andrea Belotti yoki "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni olib kelishni ham maqsad qilgan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!