Mourino boshchiligidagi "MYu" yana bir antirekord o‘rnatdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, kecha “Manchester Yunayted” premer-liganing 37-turida “Sautgempton” mehmoni bo‘ldi va 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Bu bilan esa “qizil iblislar” APL tarixidagi o‘zlarining eng yomon ko‘rsatgichlaridan birini qayd etishdi. Gap shundaki, “MYu” musobaqaning so‘nggi turi oldidan joriy mavsum bor yo‘g‘i 17ta bahsda g‘alaba qozondi. Bu esa o‘tgan yilgi natijadan ham past ko‘rsatgichdir. 2015/16 yilgi mavsumda “MYu” premer-liganing 19ta uchrashuvida g‘alaba qozonishni uddalagan edi.

Bundan tashqari Joze Mourino boshchiligidagi mankuanliklar 1992 yildan buyon ilk bor bir mavsumda 15 marta durang qayd etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!