
Mourino sobiq shogirdini "Old Trafford"ga olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino qishki transferlar davrida jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis bu borada ayni damda "Bornmut"da to‘p surayotgan “Chelsi”dagi sobiq shogirdi Natan Akeni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Eslatib o‘tish lozimki, "Bornmut" Akeni 2017 yil “Chelsi”dan 23 mln evroga xarid qilgan edi.
Aytish lozimki Akega shuningdek "Tottenxem"dan ham qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Gap shundaki “shporlar” ushbu gollandiyalik futbolchini yozda jamoadan ketishi kutilayotgan himoyachi Tobi Alderveyreldga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Fikrlar