
Mourinodan norozi bo‘layotgan Marsyal Ispaniyaga ketadi
"Manchester Yunayted" asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotayotgan frantsiyalik Antoni Marsyal faoliyatini "Sevilya"da davom ettirishi mumkin. Garchi inglizlar Marsyal ijaraga berilmasligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, ispan klubi o‘z fikrida qat’iy turibdi.
"Sevilya" Antoni Marsyal yordamida jamoaning hujum salohiyatini oshirmoqchi. Biroq, "Manchester Yunayted" rahbariyati yaqindagina "Vest Xem"ning ijara bo‘yicha taklifini ham rad etgandi.
20 yoshli futbolchi esa uni maydonga kam tushirayotgan Joze Mourinodan norozi bo‘lmoqda va jamoani o‘zgartirishga tayyor ekanini ta’kidladi. Uning bu chiqishi tufayli boshqa jamoalarda frantsiyalik hujumchini qo‘lga kiritish fikrini uyg‘otdi.
Marsyal Angliya chempionatida o‘nta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar