
Mourinoning "Real"dagi assistenti kim bo‘lishi ma’lum
Ispan nashrlari “Real”ga qaytishi aytilayotgan Joze Mourinoga Madridda kim assistentlik qilishi borasida xabar tarqata boshlashdi.
Onda Cero nashri tarqatgan xabarga qaraganda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi “qirollik klubi”ga qaytgan taqdirda o‘ziga assistent sifatida jamoaning sobiq a’zosi Xabi Alonsoni tanlaydi. Eslatib o‘tish lozimki, Alonso portugaliyalik mutaxassis “Real”da ish boshlagan paytdan to u ketgunicha uning qo‘l ostida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso murabbiylik kurslarini o‘tgan yili tamomlagan. Hozirda u “Real” yoshlariga saboq bermoqda.
Fikrlar