
Mourinoning intihosi yoxud u qanday so‘nmoqda?
Joze Mourinoning «Old Trafford»dagi davri yakuniga etib borayotgandek, ammo u qanday qilib «o‘zgacha» maqomidan hozirgi darajasigacha tushib qoldi? Goal nashri portugaliyalik mutaxassisning faoliyatidagi muhim tub burilishlarni yodga oldi.
Hammaga yaxshi ma’lumki, Mourino «Chelsi» sahnasiga ilk bor kelganida o‘ziga bino qo‘ygan, hatto o‘zini «o‘zgacha» murabbiy deb atagandi. U bundan avval o‘rtamiyona «Portu» bilan Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritganidan so‘ng takabburligi ortib borgandi.
Oradan shuncha yillar o‘tgach u qorong‘u va ajralib qolgan figuraga aylandi. U o‘zi boshqargan klublarni Makyavvelicha xarakteri bilan barbod qilib kelishda davom etmoqda.
«Chelsi» va «Inter»dagi omadli mavsumlar ortidan uni qorong‘u va qiyin sinovlar kutib oldi. U hatto muvaffaqiyatga etaklagan «Chelsi» bilan ham ikkinchi uchrashuvi achinarli yakun topdi.
Demak, uning faoliyatida pasayish boshlanganini isbotlovchi faktorlar bilan tanishib chiqsak.
«Chelsi», 2006-07 – Mourino & Abramovich & Shevchenko
«Ko‘klar» bilan qatorasiga ikki mavsum Premer Liga shoxsupasiga ko‘tarilgan «o‘zgacha» Londondagi uchinchi mavsumida inqirozga uchradi. U mavsumoldi yig‘in vaqtida klub xo‘jayini Roman Abramovich bilan Andrey Shevchenko tufayli «sen-men»ga bordi. O‘zini baxtsiz his qilayotgan ukrainalik hujumchini Abramovich har o‘yinda o‘ynatishni bosh murabbiyidan talab qildi.
Yakunda klub masumni Angliya Kubogi va Liga Kubogi bilan yakunladi. Chempion «Manchester Yunayted»dan olti ochko ortda qoldi. Chempionlar Ligasida esa «Liverpul»dan yarim finalda mag‘lub bo‘ldi. Murabbiy esa klubdan iste’foga chiqarildi.
«Inter», 2009-2010, Chempionlar Ligasi g‘olibligi
Mourino 2010-yilda Chempionlar Ligasini ikki klub bilan yutgan dastlabki murabbiyga aylandi.
Finalda «Bavariya»ni engib Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritganidan keyin Mourinoning murabbiylik maqomi sezilarli mustahkamlandi. Oqibatda uni «Real Madrid» chaqirib oldi.
«Real Madrid», 2010-11 – Mourino & Gvardiola
Aynan «Real» Mourinoni salbiy tomonga o‘zgartirib yubordi, deyishimiz mumkin. Uning «Santyago Bernabeu»dagi faoliyati kiyinish xonasida ba’zi futbolchilar bilan ziddiyatlar bilan o‘tdi. Eng yomoni uning Pep Gvardiola bilan uzoq yillik dushmanligi start oldi.
«Barselona»da ancha yillar oldin hamkasb bo‘lgan bu ikki murabbiyning munosabatlari nimalar bilan tugagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagani aniq.
«Real Madrid», 2010-11, Mourino & «Real» & UEFA
«Qirollik klubi» «Barselona» bilan 18 kun ichida 4 marta uchrashganida Mourino UEFAni kataloniyaliklarga yon bosishda aybladi.
«Real Madrid», 2011-12, Mourino & Vilanova
Uning jamoasi «Barsa»dan 3-2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan paytda portugaliyalik mutaxassis alamdan chiday olmadi va borib to‘g‘ri yordamchi murabbiy Tito Vilanovaning ko‘ziga barmog‘ini tiqib oldi.
«Real Madrid», 2012-13, Mourino & Ronaldu & Benzema
Mourino hatto vatandoshi superyulduz Ronaldu bilan ham jiqqamusht bo‘lgandi. Ronaldu uni o‘ziga bino qo‘ygan xarakterini tanqid qilganida Mou «Balki u hamma narsani bilaman, murabbiy uni ortiq rivojlantira olmaydi, deb o‘ylar» degandi.
Bundan tashqari o‘sha mavsumda u ispan OAV orqali Karim Benzemani o‘tkir so‘zlari bilan «o‘yib oldi». Bu uning asosiy tanlovi Iguain jarohat olganidan keyin sodir bo‘lgandi. «Agarda men kuchuk bilan ov qilolmasam, unda mushuk bilan ov qilaman» – degandi.
«Chelsi» 2015-16, Mourino & Karneyro
Ikkinchi mavsumida Premer Liga taxtiga qaytganidan keyin «Stemford Bridj»dagi uchinchi mavsum yana Mourino uchun omadsiz boshlandi.
Mavsumning birinchi turida u bu safar klub shifokori Eva Karneyroni aybladi. Shifokor klub futbolchilarini jarohatini etarli darajada davolay olmayotganida ayblaydi.
Uning Karneyroni tanqid qilishi klubni ikki frontga ajratib yuborgandi.
«Manchester Yunayted», 2017-18, Mourino va suv idishi
Gvardiola «Manchester Siti» boshqaruviga kelganidan keyin u «Manchester Yunayted»ga keldi. Bu safar ham u azaliy dushmanidan uchralgan mag‘lubiyatga chiday olmadi.
«Shaharliklar» ichki chempionatda shiddatli tarzda ilgarilab ketdi va dramatik tarzda kechgan derbida ham 2-1 hisobida ustun keldi. O‘yin payti «Manchester Siti» murabbiylar shtabi tomon suv idishini jahl bilan uloqtirdi.
«Manchester Yunayted», 2018-19, Mourino & Vudvord
2018-yil yozi sokin o‘tsada, Mourino uchun unday bo‘lmadi. U bu safar nishonga klub diretkorini oldi. Murabbiy ularni klubni kuchaytirish uchun jiddiy transferlarni amalga oshira olmaganlikda aybladi.
Portugaliyalik murabbiyga ayniqsa «Lester»dan Harri Maguayrning transferi barbod bo‘lgani qattqi ta’sir qildi.
«Manchester Yunayted», 2018-19, Mourino & Pogba
Hozircha so‘nggi nizo Pogba va u o‘rtasidagi bo‘ldi. Biroq aynan shu holat uning kelajagiga soya solishi hech gapmas. Aslida portugaliyalik murabbiyning frantsiyalik yarim himoyachi bilan munosabatlari ikki mavsum ichida past-baland bo‘ldi. Bu mavsumda esa u ortiq jamoaga etakchilik qila olmasligini aytishi ortidan sodir bo‘ldi.
Ko‘rinib turibdiki, Mourino faoliyatining ibtidosidan boshlab turli darajadagi kishilar bilan o‘zaro ziddiyatlarda bo‘lib kelgan. Hozirgi klubida ham jamoaning eng qimmat transferi bilan o‘zaro ziddiyatga borishi uning yaqin kelajagiga rahna solmoqda.
Fikrlar