Mourinyu JCh-2018 finalida favorit kimligini aytdi

  • 15 iyul, 2018, 12:55
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu bugun bo‘lib o‘tadigan Frantsiya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 final bahsi oldidan kim ko‘prlq favorit ekanligini aytib o‘tdi.

“Frantsiya bu o‘yinda favorit. Lekin odatda Jahon va Evropa chempionatlari finallarida favorit bo‘lmaydi deyishadi. Finalda o‘ynash emas, g‘alaba qozonish kerak. Maydonga huddi shunday kayfiyatda chiqish lozim. Ishonamanki, Xorvatiya huddi shu kayfiyatda uchrashuvni o‘tkazishadi. Bu o‘yin teng kurashlar ostida kechadi deb o‘ylayman”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya – Xorvatiya bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!