
Muay tay bo‘yicha IIB kubogi musobaqasida g‘oliblar aniqladi
Joriy yilning 26-28 oktyabr kunlari “BAGATIR” sport klubi tomonidan 25 oktyabr Ichki ishlar xodimlari kasb bayrami munosabati bilan IIB kubogi uchun musobaqa o‘tkazildi.
Muay tay bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu musobaqa poytaxtimizdagi "Jar" sport sog‘lomlashtirish majmuasida tashkil etildi.
G‘oliblar bilan tanishing:
Yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Abdulla Murodov (30 kg), Jahongir Ikromov (42 kg), Muhriddin Sayfullaev (51 kg) va Xayriddin Hojimuhammedov (54 kg ) shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Kattalar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarda Akmal Ahadov ( 54 kg), Qobil Hojiev (57 kg), Botir Tursunov (63,5 kg), Avaz Salimov (71 kg) va Bobur Hamdamov (-91kg) barcha raqiblaridan ustun kelishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar