
Mundialsiz qolgan Italiya kelgusi yili Angliya bilan o‘ynaydi
Angliya hamda Italiya terma jamoalari kelgusi yili o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda Italiya Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
27 mart sanasida o‘tadigan bahsga Londondagi “Uembli” stadioni mezbonlik qiladi.
Qayd etish joiz, bu jamoalar shu paytga qadar o‘zaro 26 bor bahs olib borgan va italyanlar bu qarama-qarshilikda 10 bor g‘alabaga erishgan. Qolgan 8 ta bahsda inglizlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana shuncha bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.
Fikrlar