Murodjon Ahmadaliev raqibini texnik nokautga uchratdi

  • 01.05.2017 12:06
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi. Kechagi bahslarda O‘zbekiston sharafini faqatgina Jasurbek Latipov himoya qilgan bo‘lsa, bugungi bahslarda Murodjon Ahmadaliev turkmanistonlik Shodlikmurod Murodov bilan jang o‘tkazdi.

Hamyurtimizning ustunligi bilan boshlangan jangning birinchi raunddayoq o‘z nihoyasiga etdi. Ketma-ket zarbalarni o‘tkazib yuborgan turkmanistonlik bokschi texnik nokautga uchradi.

Kunduzgi dasturlarda Iqboljon Xoldorov hindistonlik Ashish bilan bellashadi.

Nihoyat, 18:00 da boshlanadigan kechki dasturda birinchi bo‘lib Hasanboy Do‘smatov ringga chiqadi. Chempionlik unvonini himoya qiladigan hamyurtimiz birinchi uchrashuvini Shri-Lanka vakili Pallexa Tivanka bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, Isroil Madrimov falastinlik Qosim Abudabaat mahoratini sinovdan o‘tkazsa, Sanjar Tursunov koreyalik Kim Xyongkyuga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!