
Nadalning o‘rniga, Jokovichni tanlashdi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal 22-28 oktyabr kunlari Venada o‘tadigan "Erste Bank Open" turnirida ishtirok etmaydi.
"Men Rafael bilan ko‘p marotaba telefon orqali gaplashdim. Afsuski, u bizga yaxshi xabar aytmadi. Nadal musobaqalarda ishtirok etishga tayyor emas. U Venaga kelishni xohlamoqda, ammo uning jismoniy holati bunga yo‘l qo‘ymayapti.
Bilasiz, Nadal musobaqalarga yuz foiz tayyor bo‘lsa, ishtirok etadi. Biz hozirda Novak Jokovich bilan muzokara o‘tkazmoqdamiz. Biz faqatgina muxlislar tennis yulduzlarini ko‘rishini istaymiz" , – deydi Musobaqa direktori.
Fikrlar