“Napoli” Kavanini ortga qaytarmoqchi
“Napoli” klubi rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Hozirda Neapol klubi “nishoni”da ikki futbolchi bor. Ular biri PSJ hujumchisi Edinson Kavanidir. “Napoli” unga anchadan beri qiziqish bildirib kelmoqda. Urugvaylik futbolchi Italiya klubida 2011-2013 yillarda to‘p surgan.
Shuningdek, jamoa “Latsio” a’zosi Chiro Immobile variantini ham o‘rganib chiqmoqda. U yaqinda Rim jamoasi bilan kelishuvni uzaytirdi.

Fikrlar