"Napoli" hujumchisi faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin

  • 18.07.2018 20:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" klubining ispaniyalik forvard Xose Kalexon faoliyatini A Seriyaning boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchi “Napoli”ning yangi ustozi Karlo Anchelottining rejalariga kirmaydi. Italiyalik mutaxassis Kalexonning o‘rnida Daniele Verdining xizmatlaridan foydalanmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda ayni damda Kalexonga "Milan" klubi asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda. Biroq, "rossonerilar" ushbu transferni amalga oshirishdan avval jamoadagi moliyaviy feyr-pleyni hal qilishlari lozim.

Ma’lumot uchun, Kalexon o‘tgan mavsum “Napoli” safida jami 50ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!