"Napoli" prezidenti "Yuventus" haqida keskin gaplar aytdi
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis A Seriyadagi asosiy raqobatchisi hisoblangan "Yuventus" haqida provokatsion bayonot berdi.
U nega jamoasi chempionatdagi raqobatda “keksa sinora”ga imkoniyatni boy berayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi: “Agar banklardan 200 million qarzingiz bo‘lsa, g‘alaba qozonishdan ne ma’no”.
Ma’lumot uchun, “Napoli” ayni damda A Seriyada peshqadam “Yuventus”dan 13 ochkoga ortda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, turinliklar yozda “Real”dan 117 mln evro evaziga Krishtianu Ronalduni sotib olishgan edi. Portugaliyalik futbolchining yillik maoshi 30 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar