
"Napoli" safidagi navbatdagi uchrashuv Gamshikni tarixga muhrlaydi, chunki...
“Napoli” klubi yarim himoyachisi Marek Gamshik kecha “Roma”ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan A Seriyaning 10-turida ishtirok etdi.
E’tiborlisi, bu 31 yoshli slovakiyalik futbolchi uchun neapolliklar safidagi 511-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa u “Napoli” tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Juzeppe Bruskolottining rekordini takrorladi. Qayd etish lozimki, Bruskolotti ham 1972-1988 yillarda “Napoli” safida 511ta o‘yinda ishtirok etgan.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Gamshik uchun keyingi o‘yin tarixiy ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun, Marek Gamshik “Napoli” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida o‘z hisobiga 120dan ortiq gol yozdirib qo‘yishga erishgan va u jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Fikrlar