"Navbahor" ilk xorijiy yig‘inga jo‘nab ketdi

  • 19 yanvar, 2019, 19:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganning "Navbahor" klubi ilk xorijiy yig‘inini o‘tkazish uchun Qrimga yo‘l oldi.

Unga ko‘ra Qrimga quyidagi futbolchilar yo‘l olishgan:

Mirzohid Mamatxonov, G‘iyos Komilov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Obid Jo‘raboev, Mirzohid G‘ofurov, Slavko Lukich, Shahzod Shaymonov, Abdujamol Isroilov, Ulug‘bek Aknazarov, Zafar To‘raev, Bahodir Nasimov, Aleksandr Kasyan va bir nechta yosh futbolchilar.

Xorijdagi yig‘in davomida tarkibga legioner futbolchilar qo‘shilishi ko‘zda tutilgan. Qrimdagi yig‘in o‘n kun davom etadi. U erda ikkita nazorat uchrashuvi ham tashkil etiladi. Raqiblarning biri mahalliy «Tavriya» jamoasi bo‘ladi.

Terma jamoalarimiz ixtiyorida bo‘lib turgan Oston O‘runov, Aziz Turg‘unboev, Davron Hoshimov jamoaning keyingi yig‘inidan tarkibga qo‘shilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!