
"Navbahor" o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi
Xabaringiz bor Namanganning "Navbahor" klubi shu kunlarda Qrimda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
"Lochinlar" bugun mahalliy "TSQ-Tavriya" klubi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazishdi. Gollarga boy kechgan o‘yin 3:2 hisobida "Navbahor"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
«NAVBAHOR» - «TSQ-TAVRIYa» 3:2
«Navbahor» gollari: To‘raev 8, Nasimov 65, Golban 73
«NAVBAHOR»: O‘tkir Yusupov, Jahongir Mehmonov, Igor Golban, Obid Jo‘raboev, Mirzohid G‘ofurov, Shahzod Shaymonov, Abdujamol Isroilov, Aziz Turg‘unboev, Zafar To‘raev, Ulug‘bek Aknazarov, Aleksandr Kasyan
Zaxiradan tushganlar: G‘iyos Komilov, Ivan Solovev, Hojiakbar Yunusov, Bahodir Nasimov, Slavko Lukich
Fikrlar