"Navbahor" safida 2 nafar eronlik futbolchi ko‘rikdan o‘tmoqda

  • 20.01.2019 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek Namanganning “Navbahor” klubi ayni damda Qrimda ilk xorijiy yig‘inini o‘tkazmoqda.

Bizga berilgan ma’lumotlarga qaraganda “lochinlar” safiga 2 eronlik yarim himoyachi kelib qo‘shilgan. Bular - Neisarikoli Moxsen va Javadigalingeshlagi Sajad.

Ayni damda ushbu futbolchilar “Navbahor” mashg‘ulotlariga qo‘shilishgan. Agar ular jamoa murabbiylarida yaxshi taassurot qoldirishsa, yangi mavsumni namanganliklar safida o‘tkazishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” bundan avvalroq serbiyalik himoyachi Slavko Lukich bilan shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!