"Navbahor" turkmanistonlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 28 fevral, 2019, 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rayotgan Namanganning “Navbahor” klubi musobaqa reglamentida belgilangan legionerlar limitidan ham to‘liq foydalandi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra “lochinlar” 4 nafar xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzolab bo‘lishdi. Bular: himoyachilar – Igor Golban va Slavko Lukich, yarim himoyachi Ivan Solovyov hamda hujumchi Aleksandr Kasyan. Biroq, ularda tarkibga 1 nafar osiyolik futbolchini qo‘shib olish huquqi ham saqlanib qolgan edi.

Bugun “Navbahor” turkmanistonlik yarim himoyachi Elman Tagaev bilan "1+1" kщrinishida shartnoma imzoladi. Ushbu futbolchi 1989 yilning 2 iyunida Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Turkmanistonning “Ashxobod”, “Oltin asr”, Ozarbayjonning AZAL va “Sabail”, shuningdek, 2016 yili O‘zbekistonning “Andijon” klublarida to‘p surgan.

Tagaev o‘tgan mavsumda Turkmanistonning “Axal” jamoasida o‘ynagan. Turkmanistonlik yarim himoyachi “Navbahor”da ko‘rikdan o‘tadi. Uning harakatlari jamoa murabbiylarida yaxshi taassurot qoldirsa, u bilan shartnoma imzolanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!