“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi kimga topshirildi?
Oliy Liga 10-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi bahsni mamlakatimizning eng yaxshi referilaridan biri – Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘ldi.
O‘yin nazoratchisi Sayfiddin Ermatov bo‘ladi. O‘zPFL vakili sifatida Axrol Inoyatov o‘yinga tashrif buyuradi.
Ushbu hakam 7 aprel kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvinini boshqargandi. O‘sha o‘yinda qo‘qonliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.
Oliy liga, 10-tur
«Navbahor» (Namangan) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent vil.), J. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Inoyatov.

Fikrlar