Navoiy shahri karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda (foto)
Navoiy shahridagi muhtasham “Sug‘diyona” sport majmuasida “NurHas” shinkyokshinkai markazi tomonidan o‘tkazilayotgan XX O‘zbekiston chempionati qizg‘in va murosasiz ko‘rinish olgan.
– Musobaqalarda respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridan yosh karate ustalari ishtirok etmoqda. Yildan yilga shinkyokshinkai karate ham yoshlar orasida keng ommalashib borayotganini XX O‘zbekiston chempionati orqali bilib olish mumkin. Musobaqa terma jamoani saralab olish va xalqaro musobaqalarga tayyorlash vazifasini o‘taydi, – deydi “NurHas” karate markazi rahbari Hasan Nazarov.

Musobaqada 200 nafarga yaqin sportchilar qatnashmoqda, g‘oliblar ertangi final bahslaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.






Fikrlar