Naynggolan: Men uyda qolib ketgan yagona top futbolchiman

  • 22 may, 2018, 08:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Roma” klubi va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Raja Naynggolan Rossiyadagi JCh–2018 turniriga chaqirilmaganiga o‘z munosabatini bildirdi. Bosh murabbiy Roberto Martines uni hatto kengaytirilgan tarkibga kiritmadi.

“Ginnesning rekordlari kitobi uchun menda yangi rekord bor: men uyda qolib ketgan yagona top futbolchiman. Bir necha kun avva Martines jamoasida muvozanat va yaratilgan tizim bo‘lishini istayotgani haqida aytdi. Menda boshqa futbolchilar bilan, taktik o‘yin bilan hech qachon muammo bo‘lmagan. U nimani nazarda tutganini bilmayman. Men terma jamoada bo‘lishim kerak edi, menga hech qachon o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyat berishmagan”, – dedi belgiyalik futbolchi.

Avvalroq, 30 yoshli futbolchi Belgiya terma jamoasining JCh-2018 turniriga boradigan yakuniy tarkibga kiritilmagani uchun faoliyatini yakunlagani haqida xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!