"Neftchi" Toshkentda "Qizilqum" va "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘ynaydi

  • 17 iyul, 2017, 11:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Oliy Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Qirguli yig‘inini yakunladi, deb ma’lum qiladi klub matbuot xizmati. 

Farg‘onaliklar bugun ertalab Toshkentga yo‘l oldi. Ikkinchi davraga tayyorgarlik poytaxtda davom ettiriladi. Ertaga poytaxt yig‘inidagi ilk o‘rtoqlik bahsi Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

"Neftchi" futbolchilari 21 iyul kuni Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Shu kunning o‘zida "Qo‘qon-1912"ga qarshi nazorat bahsi reja qilingan

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" Qirgulida ikkita nazorat o‘yini o‘tkazdi. Dastlab "Norin" futbolchilari (3:1) mag‘lub etigan bo‘sla, keyin "Yozyovon-Lochinlari" (4:2) taslim qilindi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!