
“Neftchi” Turkiyadagi yig‘inida va nihoyat ijobiy natijaga erishdi
Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini doirasida navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Farg‘onaliklar bu safar nazorat o‘yinida Armanistonning “Shiroq” futbolchilari bilan kuch sinashib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. “Neftchi” safida klubning yangi a’zosi Muzaffar Muzaffarov gol kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval farg‘onaliklar Bosniya va Gertsegovinaning “Saraevo” klubiga 0:1, Bolgariyaning “Pirin” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar