
"Neftchi" qaytmoqda (video)
Ligada jon saqlash yo‘lida kurash olib borayotgan "Neftchi" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qildi.
Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan poyoniga etdi.
7-daqiqada Avazbek O‘lmasaliev hisobni ochdi. Oradan 15 daqiqa o‘tar-o‘tmas Islom Rashidxonov chiroyli zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, muvozanatni tikladi.
Taym so‘nggida "ajdarlar" posboni Sanjar Quvvatov bilan birga-bar vaziyatga chiqib borgan Sherzod Hakimov darvozabonning ustidan to‘pni oshirib tashladi va farg‘onaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Uchrashuvga yakuniy nuqtani esa Dostonbek Toshmatov qo‘ydi - 3:1, "Neftchi" foydasiga. Mazkur g‘alaba evaziga Bahrom Haydarov shogirdlari o‘z ochkolari sonini 13 taga etkazib olishdi va so‘nggi o‘rinni tark etishdi.
Quyida esa ushbu o‘yin videosharhi bilan tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar