Nega 80 millionlik Xames «Real»da inqirozga uchradi?

  • 30.04.2018 21:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Kolumbiyalik pleymeyker «Real Madrid» safida undan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Biroq u «Bavariya»da o‘zini qayta topib oldi. Xo‘sh, u nega ispan jamoasida o‘ynab keta olmadi? Goal nashri bu haqida mulohaza yuritdi.

«Real Madrid» transfer bozorida yangi yulduzni olib kelmoqchi edi. 2013-14-yilgi mavsum yakunida Chempionlar Ligasini yutib olgandan keyin ham Florentino Peres jamoasiga yana bir yangi yulduz olib kelib, «qaymoqranglilar»ni eng yaxshi jamoaga aylantirish niyatida yurgan edi. Buning uchun u 80 million evroga Xames Rodrigesni sotib oldi.

Aslida madridliklar o‘z safiga Luis Suaresni olib kelish niyatida edi. Ammo urugvaylik hujumchi «Barselona»ga ko‘chib o‘tgach, ular o‘z e’tiborini Xamesga qaratishdi. U aynan shu yili bo‘lib o‘tgan Mundial kashfiyotlardan biriga aylangan edi.

Neymar 222 million evroga «Barselona»dan «Pari Sen-Jermen»ga ko‘chib o‘tganidan keyin 80 million evroning qadri juda pastdek tuyuladi. Ammo bunday mablag‘ 2014-yilda juda ko‘p hisoblanardi. Afsuski Xames o‘ziga to‘langan pullarni umuman oqlamadi.

Dastlab u ijobiy taassurot qoldirdi. «Santyago Bernabeu»da kechgan uch mavsumdan dastlabkisi osonroq kechdi. Shunga qaramay, poytaxt jamoasi mavsumni sovrinsiz yakunladi va bosh murabbiy Karlo Anchelotti jamoa boshqaruvini tark etdi. Klubning azaliy raqibi «Barselona» esa ajoyib o‘yin ko‘rsatib, trebl qayd etdi.

Rafa Benites Anchelottining o‘rniga olib kelindi. Ispaniyalik murabbiy Xamesni zahirada qoldirib Kazemironi asosiy tarkibga qo‘shganida OAV va muxlislar tomonidan jiddiy tanqidga uchradi. U klub prezidenti va ko‘pchilikning «talab va istaklarini inobatga olib» «El Klasiko»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda Xames va Danilolarni tushirdi. Aksiga olib madridliklar azaliy raqibidan yirik 4-0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Tez orada Benites ham klub prezidentining unga bildirgan ishonchiga qaramay jamoadan ketdi.

Zinedin Zidan esa klubning yosh o‘rinbosarlari jamoasi – «Kastilya»dan asosiy jamoa boshqaruviga o‘tdi. Hamma undan klub ramzlaridan biri – Xamesni asosiy tarkibga qaytarishiga umid qila boshladi. Ammo u ham yarim himoyani Kazemiroga ishonib topshirdi. Mavsum yakunida Xames klub safida atigi 21 o‘yinda maydonga tushdi.

Keyinroq barchasi ma’lum bo‘ldiki, kolumbiyalik futbolchi Zidanning rejalariga umuman kirmaydi. U o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida atigi 35 daqida o‘ynadi. Bu vat ichida «Real» ikki marotaba sovrinni o‘ziniki qilib oldi.

Oxirida jamoani u va Isko tark etishi kutilayotgan bir paytda, ispaniyalik futbolchi o‘z o‘yinini kuchaytira oldi. Yosh iqtidorli Marko Asensioning paydo bo‘lishi esa kolumbiyalik futbolchini e’tibordan chetda qolishiga olib keldi.

“Men uning ketishini istamagandim, - dedi Zidan o‘tgan haftada «Bavariya»ga qarshi uchrashuvdan oldin bergan intervyusida – U ko‘proq o‘ynashni istardi va men buni tushunaman. Menda hech qachon Xames bilan muammolar bo‘lmagan. U ko‘proq o‘ynashga muhtoj edi, bori shu.”

Qo‘shimcha qilib, «Bu murabbiy uchun eng qiyin narsa. U ko‘proq motivatsiyaga ega chunki u futbolchi. U hammasini yaxshi bajarishni istaydi. Agarda kimdir menda Xamesga nisbatan adovat bor deb o‘ylasa, adashadi. U buyuk futbolchi.»

Xames o‘tgan mavsum yakunida ikki yillik ijara asosida «Bavariya»ga ko‘chib o‘tdi. Ammo u Germaniyada o‘zini o‘nglab olishi vaqt talab qildi. Anchelotti qo‘li ostida qiyin startni boshlagan Xamesga Yupp Xaynkes katta yordam berdi.

«U ozgina tushkinlikka tushgandi, - deydi Xaynkes o‘tgan haftada bergan intervyusida – Men u haqida qayg‘urdim, u bilan bir necha marotaba gaplashib oldim. Vaqt o‘tishi bilan o‘ziga ishonch hosil qildi. U jamoa ichida o‘zini yaxshiroq his qiladi.»

Madrid klubi uning shartnomasiga yirikroq raqamni yozib qo‘yishga umid qilgandi, biroq bu amalga oshmadi. Yarim himoyachi kelasi yil yozida anchagina hamyonbop narxda – 42 million evrogacha transfer bahosi tushishi ma’lum. Yanagi yilda endigina 28 ni qarshi oladigan futbolchi ayni vaqtda faoliyatining cho‘qqisida turibdi.

Ammo uning sobiq jamoasi uni ortga qaytarishni hayoliga ham keltirayotgani yo‘q. Kolumbiyaning sobiq darvozaboni Rene Higita uni dunyoning istalgan jamoasida o‘ynay oladi deya fikrini bildirdi. Ammo, «Real Madrid»da emas!

 

Erkin G‘aybullaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!