Neymar: 100-golimni urganimdan hursandman, biroq ko‘proq g‘alaba muhim edi
Avval xabar berganimizdek kecha Ispaniya chempionatining 29-turida “Granada” mehmoni bo‘lgan “Barselona” raqibini 1:4 hisobida ishonchli mag‘lub etdi.
Uchrashuvda kataloniyaliklarning braziliyalik hujumchisi Neymar o‘zining “Barselona”dagi 100-golini kiritdi. O‘yindan so‘ng u bu haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Barselona” uchun 100-golimni kiritganimdan juda ham hursandman. Ammo, meni g‘alaba qozonganimiz ko‘proq quvontiradi.
Eng chiroyli golim? Har bir gol o‘z o‘rnida muhim. Shuning uchun men birortasini ajratib ko‘rsata olmayman ”, - deydi Neymar klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.


Fikrlar