
Neymar bugun PSJga yordam bermaydi
Frantsiyaning PSJ klubi forvardi Neymar bugun Frantsiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Sent-Eten”ga qarshi bahsda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Klub rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel FIFA kunlaridan so‘ng uzoq yo‘l bosib kelgan 26 yoshli braziliyalik futbolchiga dam berishga qaror qilgan va uni bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritmagan.
Yaqindagina jamoaga kelib qo‘shilgan himoyachi Xuan Bernat va hujumchiErik Maksim Shupo-Moting bugun PSJ safida o‘z debyutlarini nishonlashlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, PSJ - “Sent-Eten” to‘qnashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar