Niko Kovach: Natijadan xursandman

  • 16.09.2018 10:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach kecha Bundesliganing 3-turida "Bayer" (3:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugungi o‘yinda 90 daqiqa namoyish etgan o‘yini uchun jamoani tabriklayman. Biz tezkor gol o‘tkazib yubordik, ammo ko‘p o‘tmay hisobni tenglashtira oldik. Shundan so‘ng o‘yin boshqaruvini o‘z qo‘limizga oldik. Uchinchi golni ertaroq urishimizni istagandim. Lekin, shunday bo‘lsada natijadan xursandman”, - deydi xorvatiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" chempionatning ilk 3ta turida barcha o‘yinlarda 100 foizlik natija ko‘rsatgan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!