No‘’mon Hasanov: Birinchi bo‘limda omadimiz kelmadi
PEPSI Superliga 19-tur o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov qatnashdi.
"Bugun o‘yin kurashlarga boy tarzda bo‘ldi. Ancha asabiy o‘yin bo‘ldi. Agar biroz ehtiroslarga berilgan bo‘lsak uzr so‘rayman. Futbolchilarimizga katta rahmat, ular maydonda borlarini berib o‘ynashdi. Uchta hujumchi bilan o‘yinni boshladik. Birinchi bo‘limda omadimiz kelmadi. To‘p bir necha marta ustunga tegdi. Keyin jarimadan to‘p o‘tkazib yubordik. Lekin baribir o‘z maqsadimizga erishdik. G‘alabada muxlislarning hissasi ham katta bo‘ldi. Ularga chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Javohir Sidiqovda kichik jarohat bor edi. Shuning uchun uni asrash maqsadida zaxirada qoldirgandim. Ammo uni maydonga tushirishga majbur bo‘ldik.
Tartib-intizom bo‘yicha jiddiy ish olib boramiz. Biz bejizga o‘tgan yili feyr-pleyni olmagandik. Bu mavsum chempionat superligaga aylangach o‘yinlar shiddati oshdi hamda ko‘p o‘yinlar asabiy tarzda o‘tmoqda", - deb aytib o‘tdi

Fikrlar