No‘’mon Hasanov: Bugun muxlislar chiroyli o‘yin guvohi bo‘lishdi
“Qo‘qon-1912”-“Metallurg” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi No‘’mon Hasanov qatnashdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
- Bugun muxlislar chiroyli o‘yin guvohi bo‘lishdi. Hisob o‘yinga yarasha bo‘ldi. Bugun yirik hisobda g‘alaba qozondik. Ammo baribir kichik xatolar bor. Ular ustida ishlaymiz.
Bugungi o‘yindagi gollar chiroyli bo‘lganini ta’kidlab o‘tishim lozim. Suhrob Berdiev endigina jarohatdan foriq bo‘lganiga qaramay, bugun raqib darvozasini uchta gol urdi. Filip Rayevats borasida aytadigan bo‘lsam, u birinchi bo‘limda sariq kartochka olgani bois uni almashtirdim. Serbiyalik hujumchi bu qarorimni to‘g‘ri tushundi, - deydi qo‘qonliklar ustozi.

Fikrlar