No‘’mon Hasanov: Oldinda javob uchrashuvi borligini esdan chiqarmaslik lozim
O‘zbekiston kubogi 1/8 final birinchi uchrashuvi doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” (2:0) o‘yinidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida No‘’mon Hasanov o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugun havoning biroz noqulay bo‘lgani bois birinchi bo‘limda shogirdlarim biroz qiynalishdi. Lekin tanaffusdan keyin ular iqlimga moslashib, muxlislarni g‘alaba bilan xursand qilishdi. Hozir tig‘iz taqvim yuzaga kelgan. To‘rt kundan keyin “Buxoro” bilan o‘ynaymiz.
Oldinda javob uchrashuvi borligini esdan chiqarmaslik lozim. Har doim aytib kelganman. Bizning asosiy maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonib, ishqibozlarimizni xursand etish. Qo‘qon ahli futbolni juda yaxshi ko‘rishlarini bilaman. O‘zim ham futbolchi sifatida Qo‘qonda to‘p surganman.
Bu erdan murabbiy bo‘lib ish boshlaganimdan keyin qo‘qonlik futbol ixlosmandlarini xushnud etishni maqsad qilgandik. Niyatim amalga oshganimdan xursandman. Guvohi bo‘layotgangingizdek, chempionat o‘yinlarida “Markaziy” o‘yingohda 10 mingdan ortiq muxlislar tashrif buyurmoqda”, – dedi “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi.

Fikrlar