Nokautchilarimiz katta jangga yo‘l oldi

  • 25.01.2017 10:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksda mag‘lubiyatsiz ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz - Qudratillo Abduqahhorov (9-0-0, 6KO) va Azizbek Abdug‘ofurov (4-0-0,4KO) shu yilning 10 fevral kuni Singapurda navbatdagi janglarini o‘tkazadi.

 

Nokautchi bokschilarimiz yurtimizda o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yakunlab, bugun tongda Malayziyaga jo‘nab ketdi. Qudratillo va Azizbek jangga qadar bu erda mashg‘ulot va sparring janglarini o‘tkazadi.

- Bo‘lajak raqiblarini o‘ta jiddiy bokschilar bo‘lgani uchun puxta tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, - dedi Qudratillo Abduqahhorov SPORTS.uz axborot portali muxbiriga. - Malayziyada ko‘proq sparring janglariga e’tibor qaratamiz. Texnik, taktik va jimsoniy mashg‘ulotlarda to‘plagan ko‘nikmalarimizni ringda sinovdan o‘tkazamiz. Nasib qilsa, yurtimizga g‘alaba bilan qaytamiz.

10 fevral kuni Singapurda bo‘ladigan professional boks kechasida Qudratillo Abduqahhorov ukrainalik Viktor Plotnikov (34-4-0, 16 KO) bilan jang qiladi. Bu bahs 10 raund qilib belgilandi.

Professional boksning WBC yo‘nalishi bo‘yicha Asian Boxing Council middleweight title - Osiyo chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Azizbek Abdug‘ofurov bu sovrinini tailandlik Sirimongkol Eamtuamdan himoya qiladi.

Tailandlik bokschi professional ringda 93 ta jang o‘tkazib, 91 marta zafar quchgan, shulardan 57 tasida raqiblarini muddatidan oldin enggan.

Sirimongkol Eamtuam bir necha marta turli vaznlarda jahon chempionligiga sazovor bo‘lgan o‘ta kuchli professional bokschi hisoblanadi. Tajribali charm qo‘lqop ustasi qariyb 15 yildan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

Raqib qanchalar kuchli bo‘lmasin, biz o‘z bokchilarimizga ishonamiz va ularga bo‘lg‘usi janglarda ulkan g‘alabalar tilaymiz!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!