No‘’mon Hasanov: Bugun shogirdlarim kombinatsion o‘yin ko‘rsatishdi
«Qo‘qon-1912» – «Buxoro» uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida qo‘qonliklar ustozi No‘’mon Hasanov ishtirok etdi.
- Bugun ajoyib o‘yin guvohiga aylandik. Bugun shogirdlarim kombinatsion o‘yin ko‘rsatishdi. Birinchi bo‘limda ko‘plab shiddatli hujumlar tashkil etdik. Lekin ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bular ustida ishlaymiz. Eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik, deya olaman.

Fikrlar