
No‘’mon Hasanov "Lokomotiv" bilan o‘yin haqida: Chempiondan ochko oldik
“Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi No‘’mon Hasanov ishtirok etdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bugun chempionatimizning eng kuchli jamoasiga qarshi to‘p surdik. “Lokomotiv” yaxshi shakllangan jamoa, ular o‘tgan yili chempion bo‘lishdi. Bugun chempiondan ochko oldik. Shuni bilgan holda bugun hujumkor futboldan biroz voz kechib himoyaviy o‘yin namoyish etdik.Lekin birinchi bo‘limda ko‘proq himoyaga o‘tirib qoldik. Shuning uchun tanaffusda futbolchilarimga oldinroqda o‘ynashni tushuntirdim. Mashg‘ulotlar davomida asosan qarshi hujumlar borasida ish olib bordik.
Bundan tashqari, bizda raqibga nisbatan ko‘proq dam olish imkoniyati bo‘ldi. Futbolchilarimga rahmat aytaman, ular ikkinchi bo‘limda ko‘rsatmalarimni yaxshi bajarishdi. Vaziyatlar to‘g‘risida aytadigan bo‘lsam, har ikki jamoada ham g‘alaba qozonish imkoniyati bor edi. Ikki jamoada ham xatolar bo‘ldi. Bu futbol – bunda xatolar bo‘ladi.
“Lokomotiv”ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - deb aytib o‘tdi Hasanov.
Fikrlar