No‘’mon Hasanov: "Neftchi"ni 1 ochko bilan tabriklayman

  • 10 may, 2018, 21:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pepsi Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Neftchi” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida qo‘qonliklar ustozi No‘’mon Hasanov hamda “Qo‘qon-1912” klubi etakchi a’zosi Javohir Sidiqovlar qatnashishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

No‘’mon Hasanov: - Bugun bolalarda charchoq alomatli sezildi. Raqib bir kishi kam bo‘lishiga qaramay, g‘alaba qozona olmadik. “Neftchi” jamoasini bir ochko bilan tabriklayman. Gol urgach, tezda raqib hisobni tenglashtirdi. Bu qaysidir ma’noda rejalarimizni buzib yubordi.

Javohir Sidiqov: “Neftchi” futbolchilari himoyada yaxshi to‘p surishdi. Ularning yo‘qotadigan narsasi yo‘q edi. Shuning uchun bosimsiz o‘ynashdi.
Biz esa har doim g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Bugun vaziyatlardan foydalana olmadik. Keyingi o‘yinlarda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!