Nurmagomedov: Konor o‘yindagi qoidalar o‘zgardi
UFC engil vazn toifasida chempionlik kamari sohibi Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorni yana jangga chorladi.
- Konor o‘yindagi qoidalar o‘zgardi, bugungi kunga kelib kattalarcha harakat qilish darkor. Endi tan soqchilar o‘ralgan avtobus bo‘lmaydi. Bu muammolarni faqatgina o‘zing hal qilishing mumkin, oktagonda! Agar menga qarshi jang qilishni xohlamasang, bu haqida xabar ber. Ishonchim komil hamma seni tushunadi, - deya Nurmagomedov Instagramdagi sahifasida yozib qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Xabib kuzda chempionlik kamarini himoya qiladi.

Fikrlar