Nzonzi "Sevilya"dan ketmoqchi

  • 3 iyul, 2018, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" klubi yarim himoyachisi Stiven Nzonzi mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Football Espana xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 29 yoshli futbolchi o‘zining bu boradagi istagini klub rahbariyatiga ham aytgan. Ta’kidlash kerakki, uning tovon puli 40 mln evro etib belgilangan. Ushbu futbolchiga ayni damda "Arsenal" va "Yuventus" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Nzonzi yakunlangan mavsum andalusiyaliklar safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!