O‘FF bilan muzokara olib borayotgan murabbiyni turk klubiga taklif etishmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Vest Xem” klubi sobiq bosh murabbiyi Slaven Bilich faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bolgegundem xabariga ko‘ra, Bilichga “Galatasaroy” klubini boshqarishni taklif etishdi.

18 dekabr kuni Istanbul klubi rahbariyati bosh murabbiy Igor Tudorni iste’foga chiqargan edi.

Qayd etish joiz, O‘FF rasmiy sayti terma jamo bosh murabbiyligi uchun Bilich bilan muzokara olib borilayotganligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!