Obameyang nima uchun 2-penaltini Lyakazettga berdi?

  • 2 aprel, 2018, 09:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Arsenal” jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang “Stok Siti”ga qarshi (3:0) APL 32-tur o‘yinida nima sababdan klubdoshi Aleksandr Lyakazettga ikkinchi penaltini tepishga imkon berganini aytdi.

“Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda penaltidan gol ura olmaganimdan keyin biroz bosimni his qildim. Ammo bugun men gol urdim. Bosimni his qilish – normal holat.

Men ikkita gol urdim, Lyakazett esa endi safga qaytdi.Shu sababdan ikkinchi penaltini unga berdim. Umi qilamanki, mening qarorimdan keyin unda ishonch paydo bo‘ladi”, – dedi Obameyang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!