Odil Ahmedov Xitoydagi faoliyatini yakunlagach qaerda to‘p surishini aytdi

  • 10 avgust, 2017, 09:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning “Anji” hamda “Krasnodar” klublari sobiq a’zosi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Rossiyaga boshqa qaytmasligi va “Shanxay SIPG”dagi shartnomasi yakuniga etgach, faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirish istagi borligi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

“Rossiyaga boshqa qaytmayman deb o‘ylayman. “Shanxay” bilan shartnomam yakunlangach esa o‘z vatanimda to‘p surishni istayman. Menimcha, Xalk ham Rossiyaga boshqa qaytmasa kerak”, - deydi Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq hamyurtimiz o‘ziga Londonning “Arsenal” hamda Frantsiyaning “Nitstsa” klublaridan ham jiddiy takliflar bo‘lgani haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!