Og‘ir atletika. Akbar Jo‘raev musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kun dasturi nihoyasiga etdi. Quvonarlisi, bu kun terma jamoamiz vakillari uchun omadli bo‘ldi. 

Tecno

Erkaklar o‘rtasida vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qatnashgan Akbar Jo‘raev dast ko‘tarishda 167, siltab ko‘tarishda 202 kg natija qayd etib, musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi. 171 kilogrammni dast ko‘tarishda va siltab ko‘tarishda 211 kilogramm og‘irlikni bo‘y sundirgan gruziyalik Irakli Chxeidze oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, misrlik Muhammad Abdulaziz kuchli uchlikni yakunlab berdi. 

Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCh. 

Erkaklar, -105 kg.: 

1. Irakli Chxeidze (Gruziya) – 382 kg (171kg + 211kg)

2. Akbar Jo‘raev (O‘zbekiston) – 369 kg (167 kg + 202 kg)

3. Muhammad Abdulaziz (Misr) – 360 kg (160 + 200)

Shu bilan terma jamoamiz vakillarining ushbu musobaqadagi ishtiroki o‘z yakuniga etdi. Terma jamoamiz vakillari ushbu chempionatda jami 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, shu paytgacha o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida hali bunday natija qayd etilmagan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!