
Og‘ir atletika. Bugun 2 sportchimiz medal qo‘lga kiritishi kutilmoqda
Shu kunlarda Toshkent shahri yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bugun musobaqaning ettinchi kun bahslari bo‘lib o‘tayotir. Ushbu kun doirasida qizlar o‘rtasida 90, yigitlar o‘rtasida 105 kilogrammgacha bo‘lgan sporchtilar bahs olib borishadi.
Qizlar o‘rtasida -90kg vazn toifasida Dolera Davronova supachaga chiqsa, -105kg vazn toifasidagi yigitlar ichida Akbar Jo‘raev o‘z omadini sinab ko‘radi. Qizlar toifasidagi bahs 16:30 dan "SPORT" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi. Har ikki vakilimiz ham "A" guruhida medallar uchun bahs olib borishi kutilmoqda.
Fikrlar