Og‘ir atletikachilarimizning Jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibi ma’lum

BEPUL PROPAN

31-oktyabr – 10 noyabr kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi.

2020 yilda o‘tkaziladigan Tokio olimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkib bilan ishtirok etadi: Zaynobiddin Mahamadaminov, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Sunnatilla O‘sarov, Akbar Jo‘raev, Ruslan Nurudinov, Rustam Jangabaev, Muattar Nabieva, Tursunoy Jabborova, Dolera Davronova, Kumushxon Fayzullaeva.

Qayd etish lozim, Ashxobod mezbonligida o‘tuvchi ushbu turnir Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan qabul qilingan yangi qoidalar va vazn toifalari bo‘yicha o‘tkaziladigan ilk musobaqa hisoblanadi. Unga ko‘ra, ushbu Jahon chempionatidan boshlab musobaqalar uch toifaga ajratiladi: oltin, kumush va bronza.

Ya’ni, avvalgi qoidalarga ko‘ra yirik musobaqalar uchun beriladigan reyting ochkolari terma jamoalar hisobiga yozilgan bo‘lsa, endi ushbu ochkolar faqat sportchilarning hisobiga yozilib boriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!