Oleg Tyulkin: Futbolda xatolar bo‘lib turadi

  • 07.04.2017 18:55
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

“Qo‘qon-1912”-“Dinamo” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Oleg Tyulkin ishtirok etdi. Bu haqda “Qo‘qon-1912” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Avvalambor “Qo‘qon-1912” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi bahs jangovor ruhda o‘tganini ta’kidlashni istardim.

Shogirdlarimni ruhlantirish yo‘li bitta. U ham bo‘lsa, yoshlardagi futbol o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoqi. Har doim ham futbolda pul muhim rol o‘ynamaydi. Buni jamoam misolida ko‘rishimiz mumkin. Shogirdlarim yosh bo‘lishlariga qaramay, ishtiyoq evaziga yaxshi natijalarni qo‘lga kirityapmiz. Futbolda xatolar bo‘lib turadi. Busiz “millionlar o‘yini”ning qizig‘i yo‘q, - deydi mehmonlar ustozi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!