Olga Zabelinskaya O‘zbekiston uchun dastlabki oltin medalini taqdim etdi

CHERY AUTO

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya ham ishtirok etdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Quvonarlisi, 26,5 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada Zabelinskaya barcha raqiblarini ortda qoldirdi va birinchi bo‘lib marraga etib bordi. U 35 daqiqa 54 soniya (o‘rtacha tezlik 45 km/soat) natija bilan oltin medalga ega chiqdi. Undan keyingi o‘rinni 12 soniya kech marraga kirib borgan daniyalik Emma Yorgensen egalladi. Kuchli uchlikka peshqadamdan 35 soniya kech qolgan mezbon sportchi Oudri Kordon-Ragot yakun yasadi.

Qayd etish lozimki, Zabelinskaya har yili o‘tkaziladigan ushbu musobaqada to‘rtinchi marotaba ishtirok etdi. Ammo, ilk g‘alabasini aynan shu mavsumda qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!