Oliy liga: 6-tur ramziy terma jamoasi (Foto)
Xabaringiz bor, 14-16 aprel kunlari oliy liga 6-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Oldingi turda bo‘lgani kabi bu gal ham uchrashuvlarda kutilmagan natijalar qayd etildi. Shu bilan birgalikda ushbu turda himoyachilar o‘zlarini ko‘proq ko‘rsatishdi. Shuning uchun bu tur ramziy terma jamoamizni ko‘proq gol urgan futbolchilardan tuzdik.
Quyida SPORTS.uz talqini bo‘yicha 6-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishishingiz mumkin.
Darvozabon: Asilbek Amonov “Navbahor”
Himoyachilar: Dilshodbek Ahmadaliev “Bunyodkor”, Akmal Xolmurodov “Qo‘qon-1912”, Kaxi Maxaradze “Lokomotiv”, Vladislav Kasminin “Olmaliq”.
Yarim himoyachilar: Dostonbek Hamdamov “Bunyodkor”, Sanjar Rashidov “So‘g‘diyona”, Javohir Qahramonov “Dinamo”.
Hujumchilar: Marat Bikmaev “Lokomotiv”, Igor Taran “Sho‘rtan”, Humoyun Murtazoev “Mash’al”.


Fikrlar