
Osiyo Kubogi: O‘zbekistonlik sportchilarning zafarli yurishi davom etmoqda
Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Kecha xotin-qizlar o‘rtasida 63 hamda 69 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkazildi.
63 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Kumushxon Fayzullaeva dast ko‘tarishda 87 kg, siltab ko‘tarishda 114 kg, umumiy 201 kg. natijasi bilan birinchi o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga Osiyo kubogidagi uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Kecha xotin-qizlar o‘rtasida 63 hamda 69 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkazildi. 63 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Kumushxon Fayzullaeva dast ko‘tarishda 87 kg, siltab ko‘tarishda 114 kg, umumiy 201 kg. natijasi bilan birinchi o‘rinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga Osiyo kubogidagi uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
69 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Tursunoy Jabborova esa 91+108=199 kg. natijasi bilan kumush medalini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, kecha oltin va kumush medallariga ega chiqqan har ikkala qizimiz ham 2002 yilda tavallud topishgan, ya’ni kelasi yili Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatiga egalar.
Koreyadagi musobaqada ular kattalar orasida sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lib, shohsupaga ko‘tarilishdi. Demak, o‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki 2018 yilda Buenos-Ayresda ham yurtimiz sport muxlislari ulardan medallar kutishga xaqlilar.
Kecha shuningdek, erkaklar o‘rtasida 85 kg. vazn toifasida bellashuvlar tashkil etildi. Ushbu vazn toifasida terma jamoamizning ikki nafar a’zosi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Sunnatilla O‘sarov dast ko‘tarishda 158 kg, siltab ko‘tarishda 186 kg, summada 344 kg. natija bilan musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. E’tiborlisi, Sunnatilla oltin medalni qo‘lga kiritgan eronlik Ali Makvandiga bor yo‘g‘i 1 kilogrammga imkoniyatni boy berdi. Zero eronlik sportchi umumiy 345 kg. natijasi bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu vazn toifasida bronza medali ham o‘zbekistonlik atletga nasib etdi. Fayzullo Nabiev 148+189=337 kg. natijasi bilan uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Ana shu tariqa musobaqada terma jamoamiz a’zolari xozircha 3 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega bo‘lishdi.
Muattar Nabieva - oltin
Sarvar Toshtemirov - oltin
Kumushxon Fayzullaeva - oltin
Muhammadali Qaxramonov - kumush
Tursunoy Jabborova - kumush
Sunnatilla O‘sarov - kumush
Fayzullo Nabiev - bronza
Maxliyo Tog‘oeva - bronza
Musobaqa ertaga, 2 noyabr kuni yakuniga etadi.
Fikrlar